Muddati oʻtgan dori
Javonda qolib ketadi va zarar boʻladi. Qaysi partiyaning muddati yaqinlashganini vaqtida koʻrish qiyin.
Dorixonalar uchun dastur
Kirim, ombor, yaroqlilik muddati va narxlarni bitta joyda boshqaring. Bitta dorixona ham, butun tarmoq ham — hammasi bir ekranda.
Brauzerda ishlaydi — hech narsa oʻrnatish shart emas.
Tanishmi?
Javonda qolib ketadi va zarar boʻladi. Qaysi partiyaning muddati yaqinlashganini vaqtida koʻrish qiyin.
Daftardagi va javondagi son farq qiladi, farqning sababini topish uchun soatlab sanash kerak.
Har bir kirimda ustamani kalkulyatorda hisoblash — xato va vaqt yoʻqotish.
Har biriga borib koʻrmasdan qaysi aptekada nima borligini bilib boʻlmaydi.
Imkoniyatlar
Har bir dori seriyasi va yaroqlilik muddati bilan alohida hisoblanadi. Muddati yaqin, kam qolgan va tugagan dorilar oʻzi belgilanadi.
Nakladnoyni skaner bilan kiriting: shtrix-kod dorini oʻzi topadi. Avval qoralama, tekshirgach tasdiqlaysiz — shundagina omborga tushadi.
Har bir qutining DataMatrix kodi hisobga olinadi. Bir quti ikki marta kirim qilinmaydi, boshqa doriga tegishli kod qabul qilinmaydi.
Ustama foizini bir marta belgilang — sotuv narxi xarid narxidan oʻzi hisoblanadi va yaxlitlanadi. Kerakli dorilarga ustama chegarasi qoʻyiladi.
Bir nechta aptekani bitta hisobdan boshqaring. Rahbar hammasini koʻradi, kassir — faqat oʻz aptekasini.
Har bir biznesning maʼlumoti boshqalardan ajratilgan, barcha muhim harakatlar jurnalga yoziladi, baza har kuni zaxiralanadi.
Tez orada
Qanday ishlaydi
Dorixonangiz haqida qisqacha aytib berasiz — nechta apteka, nechta xodim.
Biznesingiz va aptekalaringiz tizimga qoʻshiladi, rahbar uchun login beriladi.
Kassirlarni oʻzingiz qoʻshasiz, dorilarni kirim qilasiz — ombor shu zahoti koʻrinadi.
Narx
Bitta dorixona va katta tarmoq uchun turli tariflar bor. Sizga mosini bilish uchun qoʻngʻiroq qiling.
Savollar
Yoʻq. Dastur brauzerda ochiladi — aptekacontrol.uz saytiga kirib, login va parol bilan ishlaysiz.
Ha. Rahbar barcha aptekalarning ombori va kirimlarini koʻradi, har bir aptekaga alohida kassir biriktiriladi.
Ha. Oddiy USB skaner klaviatura kabi ishlaydi. Markirovka kodlari uchun 2D (DataMatrix) skaner kerak.
Kassa va fiskal chek tayyorlanmoqda. Hozir dasturda kirim, ombor, katalog va narx belgilash ishlaydi.
Hozircha ha. Internet uzilganda ham kassa ishlashi rejalashtirilgan.
Har bir biznes faqat oʻz maʼlumotini koʻradi, kirish parol bilan, baza har kuni zaxiralanadi.
Qoʻngʻiroq qiling — savollaringizga javob beramiz va dasturni koʻrsatamiz.